1.1.56-masala
O‘rganilayotgan dasturlash tili qoidalariga ko‘ra quyidagi ifodalarni yozing:
CodeStep
1.1.3 · MAVZU
45 ta masala. Masala shartini ko‘rib, yechishni boshlang.
O‘rganilayotgan dasturlash tili qoidalariga ko‘ra quyidagi ifodalarni yozing:
O‘rganilayotgan dasturlash tili qoidalariga ko‘ra quyidagi ifodalarni yozing:
O‘rganilayotgan dasturlash tili qoidalariga muvofiq quyidagi ifodalarni yozing:
O‘rganilayotgan dasturlash tili qoidalariga muvofiq quyidagi ifodalarni yozing:
O‘rganilayotgan dasturlash tili qoidalariga muvofiq quyidagi ifodalarni yozing:
Quyidagi dasturlarni yozing:
a ning istalgan qiymati uchun y = (a^2 + 10) / sqrt(a^2 + 1) funksiya qiymatini hisoblash dasturini tuzing.
Quyidagi dasturlarni tuzing:
Kvadratning yon tomoni berilgan. Uning perimetrini topish dasturini tuzing.
Doira radiusi berilgan. Uning diametrini topish dasturini tuzing.
Yer radiusi R ≈ 6350 km bo‘lgan ideal shar deb faraz qilib, Yerdan ma’lum h balandlikdagi nuqtadan gorizontgacha bo‘lgan masofani aniqlash dasturini tuzing.
Kubning qirrasining uzunligi berilgan. Kubning hajmini va uning yon yuzasining maydonini topish dasturini tuzing.
Dastur tuzing:
Ikkita butun son berilgan. Quyidagilarni topish dasturini tuzing:
Shtatdagi aholi soni va uning hududi ma’lum. Bu davlatdagi aholi zichligini aniqlash dasturini tuzing. Aholi zichligi aholi sonining hudud maydoniga nisbati orqali topiladi.
Chiziqli tenglamani yechish dasturini yozing. Chiziqli tenglama ax + b = 0, bu yerda a ≠ 0 va b ≠ 0 deb hisoblansin.
To‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlari berilgan. Uning gipotenuzasini topish dasturini tuzing.
Berilgan tashqi va ichki radiuslar yordamida halqaning yuzasini aniqlash dasturini tuzing.
To‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlari berilgan. Uning perimetrini topish dasturini tuzing.
Teng yonli trapetsiyaning asoslari va balandligi berilgan. Uning perimetrini topish dasturini tuzing.
Ikki nuqtaning tekislikdagi koordinatalari ma’lum. Ularning orasidagi masofani hisoblash dasturini yozing.
1 kg shirinlik, pechenye va olma narxi ma’lum. Agar siz x kg shirinliklar, y kg pechenye va z kg olma sotib olgan bo‘lsangiz, butun xarid narxini topish dasturini tuzing.
Monitor, tizim bloki, klaviatura va sichqonchaning narxi ma’lum. Ushbu elementlarning 3 ta kompyuteri qancha turadi? N ta kompyuter-chi? Ushbu savollarga javob beradigan dastur tuzing.
Anvarning yoshi X yil, Zafarning yoshi esa Y yil. Ularning o‘rtacha yoshini topish, shuningdek, har bir bolaning yoshi o‘rtacha yoshdan qanchalik farq qilishini aniqlash dasturini tuzing.
Ikki mashina bir-biriga qarab doimiy tezlikda v1 va v2 km/soat tezlikda harakatlanmoqda. Agar ular orasidagi masofa S km bo‘lsa, mashinalar qancha vaqtdan keyin uchrashishini aniqlash dasturini tuzing.
Ikki mashina bir-birining orqasidan doimiy tezlikda v1 va v2 km/soat (v1 > v2) bilan harakatlanadi. Birinchi mashina ikkinchisidan S km oldinda bo‘lganidan keyin 30 minut o‘tgach, ular orasidagi masofa qanday bo‘lishini aniqlash dasturini tuzing.
Selsiy shkalasi bo‘yicha harorat qiymati ma’lum. Shkalada mos keladigan harorat qiymatini topish dasturini tuzing:
Koordinatalari (x1, y1) va (x2, y2) bo‘lgan ikki nuqta orasidagi masofani topish dasturini tuzing.
y = kx + b funksiyaning qiymatini hisoblash dasturini tuzing. Bu yerda k, x va b haqiqiy sonlar.
Tomonlari a va b ga balandligi esa h ga teng bo‘lgan trapetsiyaning yuzini topish dasturini tuzing.
Agar hozir sutkaning k-sekundi bo‘lsa, sutka boshidan o‘tgan aniq vaqt - soat(h), minut(m) va sekund(s) hisoblash dasturini tuzing. (Masalan, agar k = 13257 = 3 * 3600 + 40 * 60 + 57 bo‘lsa, h = 3, m = 40 va s = 57).
Og‘irligi bir kilogramm bo‘lgan mahsulotning narxi berilgan. Uning og‘irligi grammlarda kiritilsin va to‘lash zarur bo‘lgan pul miqdori chop etish dasturini tuzing.
Bolalar sport to‘garagiga bir oylik to‘lov 100000 so‘m (bir oy - 28 kun). Agar bola to‘garakka N (0 < N < 29) kun kelmagan bo‘lsa, bir oy uchun qancha to‘lash kerak bo‘ladi? Ushbu savolga javob berish dasturini tuzing.
Xodimning oylik ish haqiga 45% mukofot puli qo‘shilsin. Hosil bo‘lgan miqdordan 17% daromad solig‘i, 1.5% kasaba uyushmasi va 1% nafaqa solig‘i ushlab qolinsin. Qo‘lga tegadigan pul miqdori chop etish dasturini tuzing.
Berilgan ikki tomoni va ular orasidagi burchak (gradusda) asosida uchburchakning uchinchi tomoni va yuzasi topilsin.
Doiraning diametri D berilgan. Uning uzunligi va yuzasini topish dasturini tuzing. π qiymatini konstanta sifatida oling.
Kubning a tomoni berilgan. Uning hajmini va to‘la sirti yuzasini topish dasturini tuzing.
Aylananing uzunligi L berilgan. Ushbu aylana bilan chegaralangan doiraning yuzasini topish dasturini tuzing.
Umumiy markazga ega bo‘lgan ikkita doira bir-biriga ichki chizilgan. Ichki va tashqi doiralarning radiuslari berilgan. Hosil bo‘lgan halqaning yuzini topish dasturini tuzing. π qiymatini konstanta sifatida oling.
Tomonlari m, n, k bo‘lgan uchburchakka ichki chizilgan aylananing yuzasini topish dasturini tuzing.
Uchburchakning barcha uchlarining koordinatalari berilgan. Ushbu uchburchakning yuzasini topish dasturini tuzing.
Aylana, yuzasi berilgan kvadratga ichki chizilgan. Bu aylanaga ichki chizilgan kvadrat yuzasini topish dasturini tuzing.
Tomoni a ga teng kvadratga kvadrat ichki chizilgan. Berilgan kvadrat yuzasidan ichki chizilgan kvadrat yuzasi necha marta kichikligini chop etish dasturini tuzing.
A1, B1, C1, A2, B2, C2 koeffitsiyentlari bilan berilgan, chiziqli tenglamalar sistemasi yechimlarini topuvchi dastur tuzing:
Sonlar o‘qida A, B, C nuqtalar berilgan. AC va BC kesmalarning uzunligini va kesmalar uzunligining ko‘paytmasini topish dasturi tuzing.
Ushbu namunalarda matematik formulalarni dasturlash tillarida (Python va C++) ifodalash, koordinatalar orqali geometrik kattaliklarni (perimetr va yuza) hisoblash hamda yordamchi o‘zgaruvchilar yordamida darajalarni samarali hisoblash usullari ko‘rib chiqiladi.
1-NAMUNAVIY MASALA
Uchburchak uning uchlari koordinatalari bilan aniqlanadi. Uchburchakning perimetri va yuzasini topish dasturini tuzing.
1. Uchburchak uchlarining koordinatalari kiritiladi: (x1, y1), (x2, y2), (x3, y3).
A(x1, y1), B(x2, y2), C(x3, y3)2. Ikki nuqta orasidagi masofa formulasi orqali uchburchak tomonlari (a, b, c) hisoblanadi.
a = √((x2 - x1)² + (y2 - y1)²)
b = √((x3 - x2)² + (y3 - y2)²)
c = √((x1 - x3)² + (y1 - y3)²)3. Uchburchakning perimetri tomonlar yig‘indisiga teng: perimeter = a + b + c. Yarim perimetr: s = perimeter / 2.
perimeter = a + b + c, s = perimeter / 24. Geron formulasi orqali uchburchak yuzasi topiladi.
area = √(s * (s - a) * (s - b) * (s - c))math kutubxonasidan sqrt funksiyasi va f-string orqali natijalarni chiqarish:
import math
# Uchburchakning uchlari koordinatalarini kiritish
x1, y1 = map(float, input("Birinchi nuqtaning koordinatalarini kiritish (x1, y1): ").split())
x2, y2 = map(float, input("Ikkinchi nuqtaning koordinatalarini kiritish (x2, y2): ").split())
x3, y3 = map(float, input("Uchinchi nuqtaning koordinatalarini kiritish (x3, y3): ").split())
# Uchburchakning uch tomonining uzunliklarini hisoblash
a = math.sqrt((x2 - x1) ** 2 + (y2 - y1) ** 2)
b = math.sqrt((x3 - x2) ** 2 + (y3 - y2) ** 2)
c = math.sqrt((x1 - x3) ** 2 + (y1 - y3) ** 2)
# Perimetrni hisoblash
perimeter = a + b + c
# Yuzani hisoblash uchun Geron formulasi
s = perimeter / 2
area = math.sqrt(s * (s - a) * (s - b) * (s - c))
# Natijalarni chiqarish
print(f"Uchburchakning perimetri: {perimeter}")
print(f"Uchburchakning yuzi: {area}")
0 0
4 0
0 3 Uchburchakning perimetri: 12.0
Uchburchakning yuzi: 6.0
<cmath> kutubxonasining sqrt va pow funksiyalaridan foydalanib yechish:
#include <iostream>
#include <cmath>
using namespace std;
int main() {
double x1, y1, x2, y2, x3, y3;
// Uchburchakning uchlari koordinatalarini kiritish
cout << "Birinchi nuqtaning koordinatalarini kiritish (x1, y1): ";
cin >> x1 >> y1;
cout << "Ikkinchi nuqtaning koordinatalarini kiritish (x2, y2): ";
cin >> x2 >> y2;
cout << "Uchinchi nuqtaning koordinatalarini kiritish (x3, y3): ";
cin >> x3 >> y3;
// Uchburchakning uch tomonining uzunliklarini hisoblash
double a = sqrt(pow(x2 - x1, 2) + pow(y2 - y1, 2));
double b = sqrt(pow(x3 - x2, 2) + pow(y3 - y2, 2));
double c = sqrt(pow(x1 - x3, 2) + pow(y1 - y3, 2));
// Perimetrni hisoblash
double perimeter = a + b + c;
// Yuzani hisoblash uchun Heron formulasi
double s = perimeter / 2;
double area = sqrt(s * (s - a) * (s - b) * (s - c));
// Natijalarni chiqarish
cout << "Uchburchakning perimetri: " << perimeter << endl;
cout << "Uchburchakning yuzi: " << area << endl;
return 0;
}
0 0
4 0
0 3 Uchburchakning perimetri: 12
Uchburchakning yuzi: 6
Geron formulasi orqali perimetr va yuza hisoblanadi.2-NAMUNAVIY MASALA
X soni berilgan. X², X⁴, X⁵ ketma-ketlik uchun yordamchi o‘zgaruvchilardan foydalanib 3 ta ko‘paytirish amalini bajarib, X⁵ hisoblansin va barcha X ning ko‘rsatilgan darajalari ekranga chiqarish dasturini tuzing.
1-ko‘paytirish: X2 = X * X (X² hisoblanadi).
X² = X * X2-ko‘paytirish: X4 = X2 * X2 (X⁴ hisoblanadi, ya’ni X² ning kvadrati).
X⁴ = X² * X²3-ko‘paytirish: X5 = X * X4 (X⁵ hisoblanadi). Jami 3 ta ko‘paytirish amali bajarildi.
X⁵ = X * X⁴Faqat 3 ta ko‘paytirish amali yordamida X², X⁴, X⁵ ni topish:
# X qiymatini kiritish
X = float(input("X sonini kiriting: "))
# Yordamchi o'zgaruvchilar
X2 = X * X # X² (1-ko'paytirish)
X4 = X2 * X2 # X⁴ (2-ko'paytirish)
X5 = X * X4 # X⁵ (3-ko'paytirish)
# Natijalarni chiqarish
print(f"X^2: {X2}")
print(f"X^4: {X4}")
print(f"X^5: {X5}")
2 X^2: 4.0
X^4: 16.0
X^5: 32.0
C++ da yordamchi o‘zgaruvchilar bilan 3 ta ko‘paytirish amalini bajarish:
#include <iostream>
using namespace std;
int main() {
double X;
// X qiymatini kiritish
cout << "X sonini kiriting: ";
cin >> X;
// Yordamchi o'zgaruvchilar
double X2, X4, X5;
// X² ni hisoblash (1-ko'paytirish)
X2 = X * X;
// X⁴ ni hisoblash (2-ko'paytirish: X² ning kvadrati)
X4 = X2 * X2;
// X⁵ ni hisoblash (3-ko'paytirish: X * X⁴)
X5 = X * X4;
// Natijalarni chiqarish
cout << "X^2: " << X2 << endl;
cout << "X^4: " << X4 << endl;
cout << "X^5: " << X5 << endl;
return 0;
}
2 X^2: 4
X^4: 16
X^5: 32
X² = X·X, X⁴ = X²·X², X⁵ = X·X⁴ (jami 3 ta ko‘paytirish amali).